Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasining ijrosi: ayrim dalil va raqamlar

Inson huquqlari himoyasi har bir davlatning demokratik taraqqiyoti va ijtimoiy barqarorligining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini ta’minlash va mustahkamlashga yo‘naltirilgan islohotlarning huquqiy va institutsional asoslarini yaratish uchun 2020-yilda qabul qilingan Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiya davlat siyosatining muhim va o‘ziga xos hujjati sifatida alohida ahamiyat kasb etdi.

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyani amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 78 ta bandidan 69 ta bandi (88%) to‘liq bajarildi, 2 ta band (3%) nazoratdan yechildi, 7 ta bandni (9%) amalga oshirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Milliy strategiya doirasida 2025-yil davomida 10 ta qonun, O‘zbekiston Prezidentining 14 ta farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 14 ta qarori qabul qilindi.

Milliy strategiyaning bajarilishi yuzasidan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan muntazam monitoring amalga oshirildi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan ma’lumot kiritildi. Xususan, 2025-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga Milliy strategiya va “Yo‘l xaritasi” ning ijro holati yuzasidan 3 ta tahliliy ma’lumot va 1 ta axborot kiritildi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan 2025-yilda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasining amalga oshirilishi to‘g‘risida axborot tayyorlandi. Axborotda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasining 2020–2024-yillardagi ijrosiga oid ma’lumotlar taqdim etilgan.

Xususan, 2020–2025-yillarda inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga bevosita qaratilgan 68 ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 71 ta farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 43 ta qarorlari qabul qilindi.

 

Manba: 2025-yilda O‘zbekiston Respublikasida

inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga

rioya qilinishining holati to‘g‘risida axborot. – T.:

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazi, 2026. –  84 b.

Powered by GSpeech