19–20-noyabr kunlari Toşkent viloyatidagi “Layner” toğli dam oliş maskanida «Xotin-qizlarga nisbatan kamsitişning barça şakllariga barham beriş töğrisidagi konvensiyaning (CEDAW) Fakultativ protokoliga qöşiliş bilan boğliq masalalarni örganiş” mavzusida ekspertlar seminari bölib ötdi. Tadbir Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissari Boşqarmasining Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy bölinmasi hamda Xalqaro yuristlar komissiyasi (ICJ) bilan hamkorlikda taşkil etildi.
Seminarda asosiy e’tibor ayollar huquqlarini himoya qilişning xalqaro-huquqiy mexanizmlarini örganişga qaratildi. Şuningdek, Özbekistonning CEDAW Fakultativ protokoliga qöşilişining huquqiy va institutsional jihatlarini tahlil qilinib, zarur tayyorgarlik çora-tadbirlari va bu yönalişdagi keyingi qadamlar muhokama etildi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, şuningdek, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti vakillari va xalqaro ekspertlar iştirok etdi.
Seminarning dastlabki kuni CEDAW va uning Fakultativ protokolining asosiy qoidalari hamda xalqaro mexanizmlariga bağişlandi. Birinçi sessiyada Konvensiyaning asosiy tamoyillari va huquqiy kafolatlari, kamsitmaslik tamoyili, gender stereotiplarini bartaraf etiş va 5-modda mazmuni, şuningdek, xususiy şaxslar tomonidan sodir etiladigan kamsitiş va zöravonlik holatlarining oldini olişda davlatning roli kabi masalalar körib çiqildi.
Ikkinçi sessiyada iştirokçilar CEDAW Qömitasining tuzilişi, faoliyati va qöllaydigan tartib-taomillari, Özbekistonning hisobot taqdim etiş amaliyoti hamda Qömitaning Özbekiston böyiça tavsiyalari va 2022 yilgi yakuniy kuzatuvlari bilan tanişdilar.
Uçinçi sessiya Fakultativ protokol doirasidagi individual murojaatlar mexanizmiga bağişlandi. Unda murojaatlarni körib çiqiş tartibi va qöllaniş şartlari, murojaatni taqdim etiş, maqbullik mezonlarini baholaş, davlatning pozitsiyasini taqdim etiş, Qömita xulosalari va keyingi kuzatuv jarayoni, şuningdek, xalqaro amaliyotdan olingan misollar muhokama qilindi.
Bu jarayonda iştirokçilar interaktiv guruhlarga bölinib, xalqaro amaliyotdan olingan şartli vaziyatlar asosida murojaatning maqbullik mezonlarini, tomonlarning pozitsiyalarini va tegişli xalqaro standartlarni muhokama qildilar. Şuningdek, Qömita tomonidan körib çiqiladigan masalalar va ehtimoliy xulosalar yuzasidan fikr almaşildi. Bu, öz navbatida, individual murojaatlar mexanizmining amaliy jihatlarini yaxşiroq tuşuniş imkonini berdi.
Seminarning ikkinçi kuni CEDAW Fakultativ protokoliga qöşiliş bilan boğliq huquqiy va institutsional jihatlar tahliliga bağişlandi.
Törtinçi sessiyada individual murojaatlar mexanizmining davlat institutlari va milliy huquqiy tizim bilan özaro boğliqligi guruhlarda işlaş va muhokama şaklida körib çiqildi. Bunda xalqaro murojaatlar mexanizmining milliy qonunçilik, huquqni qöllaş amaliyoti va huquqiy himoya vositalari bilan aloqasi, xalqaro tajriba asosida milliy huquqiy va institutsional mexanizmlarni rivojlantirişga oid yondaşuvlar muhokama qilindi. Bu borada qöşimça örganiş va tahlilni talab etadigan masalalarga aniqlik kiritildi.
Beşinçi sessiyada CEDAW Fakultativ protokolini ratifikatsiya qilişga tayyorgarlik köriş böyiça keyingi qadamlarga bağişlandi. Iştirokçilar ratifikatsiya imkoniyatlarini örgandilar, zarur qöşimça ma’lumotlar va huquqiy tahlillarni aniqladilar, tegişli davlat organlari, mas’ul idoralar va manfaatdor tomonlar bilan maslahatlaşuvlarni taşkil etiş, tayyorgarlik doirasidagi çora-tadbirlar hamda qöşimça texnik va ekspert kömagi talab etiladigan yönalişlarni belgilab oldilar.
Seminar doirasida amalga oşirilişi maqsadga muvofiq bölgan çora-tadbirlar, ularni bajariş uçun mas’ul subyektlar hamda işlarning ehtimoliy ketma-ketligini öz içiga olgan dastlabki takliflar röyxatini şakllantiriş közda tutildi.
Tadbir yakunida uşbu seminar ayollar huquqlarini himoya qilişning milliy tizimini yanada mustahkamlaşga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga hamda Özbekistonda gender tenglikni ta’minlaşning huquqiy va institutsional mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilganligi ta’kidlandi.
Inson huquqlari böyiça
Özbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
