Avaza şahrida Mustaqil davlatlar hamdöstligi (MDH) Parlamentlararo assambleyasi tadbirlari doirasida mazkur taşkilotga aʼzo davlatlar parlamentlari rahbarlari hamda turkman xalqining Milliy yetakçisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Unda parlamentlararo aloqalarni rivojlantiriş va köp tomonlama hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
MDH Parlamentlararo assambleyasining davlatlararo munosabatlarni mustahkamlaş, parlamentlararo muloqotni rivojlantiriş hamda milliy qonunçilikni takomillaştirişdagi ahamiyati ortib borayotgani taʼkidlandi.

G.Berdimuhamedov Özbekiston bilan döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yuksak baholab, Prezident Şavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda özaro işonç va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaşdagi yetakçi rolini alohida eʼtirof etdi.

Uçraşuvda MDH mamlakatlari örtasida döstona munosabatlarni yanada mustahkamlaş, parlamentlararo muloqotni faollaştiriş hamda özaro savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlikni kengaytiriş böyiça fikr almaşildi.
N.Abduraimova,
ÖzA
