Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

INSON HUQUQLARI BÖYIÇA BEŞINÇI SAMARQAND FORUMIDAN – BMT BOŞ ASSAMBLEYASI RASMIY HUJJATIGAÇA

An’anaviy tarzda har ikki yilda ötkazib kelinayotgan Inson huquqlari böyiça Samarqand forumining institutsional evolyutsiyasiga nazar taşlansa, mazkur xalqaro platforma ötgan davr mobaynida global miqyosdagi dolzarb masalalarni tizimli tahlil qilişning barqaror mexanizmiga aylanganini köriş mumkin. Forumning asoslari 2017-yil sentyabr oyida, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida inson huquqlari böyiça global kun tartibidagi masalalar yuzasidan muloqot va hamkorlikni rivojlantirişga bağişlangan doimiy faoliyat yurituvçi xalqaro maydonni Samarqandda taşkil etiş taşabbusini ilgari surganida qöyilgan.

Şundan buyon, dastlab 2018-yilda ötkazilgan Inson huquqlari böyiça birinçi Osiyo forumida inson huquqlari sohasidagi umumiy global çaqiriqlar körib çiqilgan bölsa, keyingi bosqiçlarda sohaviy-tematik yönalişlar ustuvorlik kasb etdi: 2020-yildagi II Samarqand forumi yoşlar huquqlariga, 2022-yildagi III Forum inson huquqlari sohasidagi ta’limga, 2024-yildagi IV Forum esa ekologik inqiroz va iqlim özgarişi şaroitida inson huquqlariga bağişlandi. Uşbu izçil muloqotlar xalqaro amaliyotda dolzarb inson huquqlari kun tartibini ilgari surişning öziga xos “Samarqand an’anasi”ni şakllantirdi.

 Şu nuqtayi nazardan, avvalgi forumlarning konseptual yönalişlari va erişilgan natijalari fonida navbatdagi — V Samarqand forumining öziga xos mazmun-mohiyati, asosiy xususiyatlari hamda uni oldingi bosqiçlardan farqlovçi asosiy jihatlarini ilmiy-qiyosiy tahlil qiliş muhim ahamiyat kasb etadi.

 Inson huquqlari böyiça V Samarqand forumi joriy yilning 28–29-sentyabr kunlari “Inson huquqlari töğrisidagi xalqaro paktlarning 60-yilligi va Rivojlaniş huquqi töğrisidagi deklaratsiyaning 40-yilligi: inson qadr-qimmati, tenglik va barqaror rivojlaniş yölidagi global hamkorlik” mavzusida bölib ötdi. Forum global me’yoriy evolyutsiya va milliy institutsional taraqqiyotning tutaşuv nuqtasida bölib ötgani juda muhim.

Xususan, 2026-yilda Fuqarolik va siyosiy huquqlar töğrisidagi va Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari töğrisidagi xalqaro paktlarning 60-yilligi, Rivojlaniş huquqi töğrisidagi deklaratsiyaning 40-yilligi hamda Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazining 30-yilligi nişonlanişi tadbirning asosiy mohiyatini şakllantirdi. Qurolli nizolar, iqlim özgarişi va sun’iy intellekt kabi yangi global xatarlar şaroitida mazkur Forum xalqaro majburiyatlarni milliy qonunçilik va amaliyotga tatbiq etiş, amalga oşiriş, hisobdorlik va monitoring böyiça milliy mexanizmlar salohiyatini oşiriş hamda global birdamlikni mustahkamlaş böyiça nufuzli ilmiy-amaliy platforma vazifasini ötadi.

   Forumda quyidagi maqsadlarni amalga oşiriş közda tutildi:

1)    Fuqarolik va siyosiy huquqlar töğrisidagi xalqaro pakt, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar töğrisidagi xalqaro pakt hamda Rivojlaniş huquqi töğrisidagi deklaratsiyaning amalga oşirilişidagi progressni baholaş;

2)    xalqaro inson huquqlari tizimini mustahkamlaş hamda umume’tirof etilgan inson huquqlari me’yorlarining samarali bajarilişini ilgarilaş böyiça muloqotni rivojlantiriş;

3)    zamonaviy va yangi paydo bölayotgan inson huquqlari çorlovlariga, jumladan raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, iqlim özgarişi, demografik tendensiyalar, migratsiya va gumanitar inqirozlardan kelib çiqadigan masalalarga javob beriş böyiça amaliy-siyosiy tavsiyalarni işlab çiqiş;

4)    milliy ijro mexanizmlarini, şu jumladan bajariş, hisobot beriş va keyingi çoralar köriş böyiça milliy mexanizmlarni (NMRF), inson huquqlari böyiça milliy institutlarni hamda boşqa tegişli manfaatdor tomonlarni kuçaytiriş;

5)    hukumatlar, xalqaro taşkilotlar, inson huquqlari böyiça milliy institutlar, akademik doiralar va fuqarolik jamiyati örtasida bilim, tajriba va ilğor amaliyotlar almaşinuviga kömaklaşiş;

6)    2030-yilgaça bölgan davrda Barqaror rivojlaniş kun tartibi doirasida rivojlaniş huquqini barqaror, inklyuziv va inson manfaatlariga yönaltirilgan rivojlanişning ajralmas tarkibiy qismi sifatida ilgarilaş;

7)    global inson huquqlari çorlovlariga muvofiqlaştirilgan javob çoralarini qöllab-quvvatlaş va samarali köp tomonlama hamkorlikni mustahkamlaş uçun xalqaro hamkorlik hamda şeriklikni kuçaytiriş;

8)    inson huquqlari sohasidagi kelajakdagi xalqaro hamkorlikning umumiy strategik nigohi sifatidagi Forumning “Samarqand nigohi – 2040: inson qadr-qimmati, tenglik va barqaror rivojlaniş yölidagi global hamkorlik”  yakuniy hujjatini tayyorlaş va qabul qilişga hissa qöşiş.

Şu maqsadlarni amalga oşiriş uçun Forumda “Samarqand nigohi – 2040: inson qadr-qimmati, tenglik va barqaror rivojlaniş yölidagi global hamkorlik” nomli yakuniy hujjati qabul qilindi. Tahlillar şuni körsatadiki, “Samarqand nigohi — 2040” yakuniy hujjati inson huquqlari sohasidagi zamonaviy konseptual yondaşuvlarni mintaqaviy va global darajada umumlaştiruvçi muhim dasturilamaldir.

Mazkur hujjatning eng muhim yutuği va xalqaro maydondagi yuksak e’tirofi – uning Özbekiston Respublikasining BMT huzuridagi Doimiy vakili taqdimotiga asosan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 81-sessiyasi rasmiy hujjati sifatida e’lon qilinişi hamda 2026-yil 20-oktyabrda A/81/444 tartib raqami bilan BMTning rasmiy hujjatlar reyestriga kiritilganligidir. Uşbu maqom ilgari surilgan taşabbuslarni sof mintaqaviy doiradan çiqarib, BMTga a’zo barça davlatlar va xalqaro institutlar uçun rasmiy ma’lumot hamda amaliy muloqot asosi darajasiga kötardi.

Hujjatning ilmiy-nazariy ahamiyati inson huquqlariga faqat me’yoriy-deklarativ majburiyatlar majmui sifatida emas, balki barqaror taraqqiyot, ijtimoiy adolat va xavfsizlikning fundamental şarti sifatida qaralişidadir. Unda «Heç kimni e’tibordan çetda qoldirmaslik» tamoyiliga tayangan holda, me’yorlarni qoğozda qoldirmasdan fuqarolarning kundalik hayotida tölaqonli ta’minlaş mexanizmlari ilgari surilganligi ğoyatda ahamiyatli.

Ayniqsa, hujjatda XXI asrning eng dolzarb global çaqiriqlari — sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida şaxsiy daxlsizlikni himoyalaş, axborot tengligini ta’minlaş, şuningdek, Orol dengizi inqirozi misolida ekologik adolat va iqlim özgarişini inson huquqlari prizmasi orqali körib çiqiş kabi masalalar tizimli tarzda asoslab berilgan. Hujjat quyidagi masalalar böyiça strategik ustuvor yönalişlarni belgilaydi:

  • inson huquqlari böyiça xalqaro majburiyatlarning bajarilişini mustahkamlaş;

  • rivojlaniş huquqini umuminsoniy huquq va barqaror rivojlanişning asosiy harakatlantiruvçi omili sifatida ilgarilaş;

  • Bajariş, hisobot beriş va keyingi çoralar köriş böyiça milliy mexanizmlarni (NMRF) hamda boşqa milliy ijro tuzilmalarini kuçaytiriş;

  • barqaror, inklyuziv va inson manfaatlariga yönaltirilgan rivojlanişga integratsiyalaşgan, inson huquqlariga asoslangan yondaşuvlarni ilgarilaş;

  • xalqaro hamkorlik, global birdamlik va köp tomonlama şeriklikni mustahkamlaş.

“Samarqand nigohi – 2040" hujjati kelgusi ön yilliklarda umume’tirof etilgan inson huquqlari mexanizmlarini tatbiq etiş va xalqaro hamkorlikni ilgarilaşda hukumatlar, BMT tizimi, xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar, inson huquqlari böyiça milliy institutlar hamda boşqa manfaatdor tomonlar uçun strategik yönaltiruvçi asos bölib xizmat qilişi kutilmoqda.

Hujjat yangi majburiy xalqaro-huquqiy normalar yuklamasdan, balki mavjud konvensiyalar va majburiyatlarni milliy amaliyotga samarali integratsiya qilişga yönaltirilgan “yumşoq huquq” (soft law) instrumenti vazifasini ötaydi. Samarqand forumini doimiy muloqot maydoniga aylantiriş, Raqamli hamkorlik platformasini joriy etiş hamda 2026–2040-yillarga möljallangan ixtiyoriy “yöl xaritasi»ni şakllantiriş takliflari jarayonlarni uzoq muddatli monitoring qiliş va ilğor tajribalarni ommalaştirişning yaxlit amaliy mexanizmini yaratadi.

Xulosa qilib aytganda, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori,  akademik Akmal Sadiov ta’kidlaganidek, “Samarqand nigohi – 2040” yakuniy hujjati – inson qadr-qimmati va tenglikni ta’minlaş, inson huquqlarini himoya qilişning universal tizimini mustahkamlaş hamda barqaror rivojlanişga kömaklaşiş maqsadida xalqaro hamkorlikning uzoq muddatli ustuvor yönalişlarini belgilaydi”.                                      

 

Saidislom NURIDDINOV,

Saidakmal MAMASOLIYEV,

Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi amaliyotçilari,

Toşkent davlat yuridik universiteti talabalari

Nashr sanasi 06.11.2026 Ko'rishlar 99
Ulashish