27 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida quyidagi ixtisosliklar bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) qabul qilish yuzasidan navbatdagi tanlov o'tkazildi:
00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura;
00.08 – Jinoyat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi;
00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi;
00.12 – Korruptsiya muammolari (yuridik fanlar).
Bosh prokuratura Akademiyasi, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutining yetakchi olimlari ishtirok etgan ushbu suhbat avvalida ta'kidlanganidek, global pandemiya tufayli Akademiyada mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan onlayn tarzda suhbat o'tkazish borasida muayyan tajriba shakllandi.
Tadbirda Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o'rinbosari Mirzatillo Tillabaev ishtirok etdi.
Suhbatda komissiya a'zolari tomonidan sud-huquq sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, talabgorlarning ilmiy ish bo'yicha ko'nikmalari, tadqiqot mavzularining dolzarbligi va ahamiyati haqida savollar berildi.
Mustaqil izlanuvchilikka (PhD) qabul qilish yuzasidan navbatdagi tanlov yakuni bo'yicha tegishli qaror qabul qilindi, deyiladi proacademy.uz sayti xabarida.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 28.08.2020
- Ko'rishlar: 3960
- Chop etish