2020 yil 22 iyunda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi Farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Inson huquqlari himoyasi uchun» ko'krak nishoni to'g'risidagi qarorini qabul qilish belgilangan.
«Inson huquqlari himoyasi uchun» ko'krak nishoni inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda katta hissa qo'shgan fuqarolar va tashkilotlarni rag'batlantirish, inson huquqlarini himoya qilish faoliyatini amalga oshirishda o'rnak bo'layotganlarni, ularning tajribasini ommalashtirish maqsadida ta'sis etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Inson huquqlari himoyasi uchun» ko'krak nishoni to'g'risidagi qarori 5 ta band, 3 ta ilovadan iborat bo'lib, qaror bilan ko'krak nishoni to'g'risidagi nizom hamda ko'krak nishoni va guvohnomasining tavsiflarini tasdiqlash nazarda tutiladi. Qaror loyihasida ko'krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va ko'rib chiqish, taqdirlanganlarni e'lon qilish, ko'krak nishonini topshirish tartibi, muddatlari, taqdirlash bo'yicha komissiyasi faoliyati tartibi, shuningdek, ko'krak nishonining tavsifi belgilangan.
Qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun https://regulation.gov.uz saytida joylashtirilgan.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazi
- Qo'shildi: 09.07.2020
- Ko'rishlar: 5662
- Chop etish