2020 yilning 12-13 avgust kunlari yoshlar huquqlarini himoya qilish masalalariga bag'ishlab o'tkaziladigan Samarqand veb-forumida nufuzli xalqaro ekspertlarning ishtirok etishi rejalashtirilgan. Jumladan forumda Yoshlar ishlari bo'yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining vakili, Islom hamkorlik tashkiloti Inson huquqlari bo'yicha komissiyasining ijrochi direktori, Parlamentlararo ittifoq yoshlar parlamenti Forumi prezidenti, Rossiya Federatsiyasi Inson huquqlari bo'yicha vakili, Yevropa Kengashining Yoshlar masalalari bo'yicha Maslahat kengashi, Yevropada Xavsizlik va Hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi, Yoshlar huquqlari bo'yicha Iber-Amerika konventsiyasi ekspertlar komissiyasi vakillari va boshqa ekspertlar veb-forumda ma'ruzalarini taqdim qilishadi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazi
- Qo'shildi: 06.08.2020
- Ko'rishlar: 4320
- Chop etish