Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi O'zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda 26 sentyabr kuni shu mavzuda mashhur siyosatchi, Germaniyaning sobiq adliya vaziri – professor Xerta Doybler Gmelin bilan uchrashuv tashkil etdi. Tadbirning ochilishida Markaz direktori Akmal Saidov va Universitet rahbariyati vakillari talabalarni qutladi.
Professor Xerta Doybler Gmelin siyosat sohasida katta tajribaga ega. Shuning uchun Universitetning nemis tili fakul`teti talabalari taniqli olima bilan Germaniya yoshlarining ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtiroki haqida qiziqarli ma'lumotlar oldilar.
Talabalarning o'zlari ham O'zbekiston yoshlarining jamiyat siyosiy hayotida tutgan o'rni va ahamiyati to'g'risidagi fikr-mulohazalarini o'rtoqlashdilar. Mo''tabar mehmonga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga doir davlat siyosati haqida so'zlab berdilar.
Ma'ruza va munozaralar nemis tilida ham davom etirildi. Bunda yoshlarning jamiyat hayotidagi ishtiroki jarayonlari bilan bog'liq dunyo va Yevropa tendentsiyalari tahlil qilindi. Bu boradagi O'zbekiston bilan Germaniya ijobiy tajribalariga alohida e'tibor qaratildi.
Davra suhbati doirasida O'zbekistonning BMT Yoshlar huquqlari to'g'risidagi konventsiyasini qabul qilish bo'yicha tashabbusi yuzasidan axborot taqdim etildi.
Uchrashuv, shuningdek, germaniyalik nufuzli mehmonni O'zbekistonda nemis tilini bilish va o'rgatish ishlarining darajasi hamda mamlakatimiz yoshlarining zamonaviy hayot tarzi bilan yaqindan tanishtirish imkonini berdi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 29.09.2019
- Ko'rishlar: 6447
- Chop etish