18 fevral kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tgan “O'zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat qurilishining yangi bosqichi, mamlakatni demokratik modernizatsiyalashda parlament va hokimiyat vakillik organlarining rolini oshirish” mavzusidagi xalqaro konferentsiyada so'zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari Akmal Saidov shunday deb ta'kidladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, “Yuksalish” umummilliy harakati hamda Konrad Adenauer fondining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur anjuman O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish mexanizmlari, ularni hayotga tatbiq etishda parlament va joylardagi vakillik organlarining roli va ahamiyatini aniqlash hamda bu boradagi amaliy takliflar ishlab chiqishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Murojaatnomada yigirmaga yaqin yo'nalishda nafaqat yangi qonunlar, balki yaxlit qonunlar majmualarini ishlab chiqish va qabul qilish vazifasini belgilab berildi. Bu yangi qonunlar – yangi O'zbekiston voqeligi taqozosidir.
O'z navbatida, ushbu qonun loyihalarini tayyorlash, keng jamoatchilik muhokamalaridan o'tkazish, maromiga yetkazish va qabul qilish bilan bog'liq uzviy jarayonlar mamlakatimizning yangi parlamenti zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklaydi. Bu haqda davlat rahbarining Murojaatnomasida atroflicha fikr yuritildi.
Murojaatnomada davlat va jamiyat boshqaruvi, sud-huquq, ijtimoiy-iqtisodiy, tashqi siyosat sohalarida belgilab berilgan vazifalarnini samarali va o'z paytida bajarilishi taraqqiyotning yangi bosqichiga chiqish, ko'zlagan maqsadlarimizga yetish uchun mustahkam zamin bo'ladi. Shunday ekan, bag'rikeng, mehnatkash va olijanob xalqimizning ishonchiga sazovor bo'lgan har bir deputat bu yuksak ishonchni amaliy ishlar bilan oqlashi kerak, deb ta'kidlandi xalqaro konferentsiyada.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot markazi
- Qo'shildi: 19.02.2020
- Ko'rishlar: 4639
- Chop etish