(Klod Leblansning Toshkentga ikkinchi safaridan fotoreportaj)
Frantsuz jurnalisti Klod Leblans ilk bor Toshkentga sayohat qilganida o'spirin yigitcha edi. O'zbekistonda bo'lib o'tayotgan saylovlarni yorituvchi xorijiy jurnalistlar safida u kuni kecha yana mamlakatimiz poytaxtiga keldi.
Bu orada 32 yil vaqt o'tib ketibdi. Janob Leblans bugungi Toshkent, yangilangan O'zbekistonni ko'rib turganidan mamnun.
XIV asrda Turon hukmdori Amir Temur va Frantsiya Qiroli Sharl VI o'zaro diplomatik xatlar almashganlar.
XXI asrda ikki yurt vakillarining yuzma-yuz uchrashishi ham oddiy hol, ham o'ziga xos bayramdir.
Hamma joyda saylov nafasi, istiqbolga ishonch tuyg'usi.
Saylovga hozirlik qizg'in.
Muzeylar ham mamlakat darvozalaridir.
Klod Leblans: “Poezdlarni yaxshi ko'raman!”
Sharq bozorlari – hamisha to'kin va barakali.
Yurt sog'inchi: Toshkent “Brodveyi” – Sayilgohda Parij suratini ko'rib qoldik.
Assalom! Bonjur! Ey, g'amgusor ona...
Inson xotirasi – muqaddas va barhayot.
Tarixi – buyuk, buguni – saodatli, ertasi umidbaxsh yurt, O'zbekiston!
“Samarqandga bormasam bo'lmas!”
Taraqqiyot yo'li: “otash arava”lardan – uchqur poezdlargacha.
Klod Leblans: “Mamlakat rivojlanish darajasini belgilashda uning poezdlari muhim mezondir. Ishonmasangiz, O'zbekistonning “Afrosiyob” poezdlarida sayr qilib ko'ring!”
G'ulom Mirzo tayyorladi
- Qo'shildi: 22.12.2019
- Ko'rishlar: 4927
- Chop etish