Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Ostona şahrida konstitutsiyaviy islohotlar doirasida inson huquqlarini himoya qiliş masalalari muhokama qilindi

2026-yil-20-oktyabr kuni Ostonadagi Milliy akademik kutubxonada "Insonga e’tibor — Qozoğistondagi konstitutsiyaviy islohotlar yönalişi" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi. Tadbir Qozoğiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Qonunçilik va huquqiy axborot instituti hamda Xalqaro yuristlar assotsiatsiyasi tomonidan, YEXHTning Ostonadagi Dasturlar ofisi kömagida taşkil etildi.

Inson huquq va erkinliklarini ta’minlaş, uning qadr-qimmatini himoya qiliş hamda konstitutsiyaviy kafolatlarni kuçaytirişning amaliy mexanizmlari muhokama markazida böldi. Iştirokçilar "davlat — inson uçun" tamoyilini qonunçilik, huquqni qöllaş amaliyoti hamda davlat organlarining fuqarolar bilan özaro munosabatlarida qanday tatbiq etiş mumkinligini körib çiqdilar.

Konferensiyada davlat organlari, xalqaro taşkilotlar, ilmiy hamjamiyat va fuqarolik jamiyati vakillari iştirok etdi. Anjuman işiga Belarus, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekistonning soha muassasalari, şuningdek, MDH iştirokçi-davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi vakillari onlayn tarzda qöşildi. Bevosita qatnaşgan iştirokçilar esa davra suhbati şaklida muloqot olib bordilar.

Qozoğiston Respublikasi Adliya vaziri örinbosari Aydar Jarilganov, Elçi, YEXHTning Ostonadagi Dasturlar ofisi rahbari Aleksey Rogov, Qozoğiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Apparati rahbari örinbosari Yerlan Saparov, Qozoğiston Respublikasining Inson huquqlari böyiça vakili Artur Lastayev hamda xorijiy davlatlarning ilmiy-ekspert taşkilotlari rahbarlari sözga çiqdilar.

Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinçi örinbosari Mirzatilla Tillaboyev onlayn formatda çiqiş qildi.

Ma’ruzalar jinoyat qonunçiligida konstitutsiyaviy huquqlarni röyobga çiqariş, malakali yuridik yordam oliş imkoniyati, şaxs daxlsizligi, inson qadr-qimmati hamda ijtimoiy kafolatlarga bağişlandi. Raqamli davrda inson huquqlarini himoya qiliş, raqamlaştirişning axloqiy muammolari va ijtimoiy adolat masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qozoğistonlik va xorijiy ekspertlar konstitutsionalizmni rivojlantiriş hamda inson huquq va erkinliklarini ta’minlaş böyiça öz yondaşuvlarini taqdim etdilar.

Konferensiya yakunida iştirokçilar ma’ruzalarni muhokama qildilar hamda qonunçilikni takomillaştiriş va fuqarolar huquqlarini amalda himoya qiliş yuzasidan fikr almaşdilar.

  

Inson huquqlari böyiça

Özbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 22.10.2026 Ko'rishlar 1 716
Ulashish