BMT: 2026 yil ishsizlar soni 186 millionga yetadi
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) taxminiga ko‘ra, 2026 yilga kelib global ishsizlik darajasi 4,9 foizga yetadi.
BMT ekspertlari fikricha, ishsizlik 2025 yil darajasida qoladi. Boshqacha aytganda joriy yil oxiriga kelib taxminan 186 million kishi ishsiz qoladi.
Hisobotda rivojlangan mamlakatlarda ish o‘rni 0,5 foiz ko‘payishi, qoloq davlatlarda esa o‘sish 3,1 foizni tashkil qilishi keltirilgan. Demak, boy yurtlarda aholi qarishi kuzatilib, mehnatga layoqatli yoshdagi odamlar ish topishi qiyinlashadi.
Shu bilan birga XMT ish bilan ta’minlanish doim ham yaxshi daromad bermasligini ta’kidlaydi. Ya’ni, dunyo bo‘ylab taxminan 300 million kishi o‘ta qashshoq yashaydi va kuniga 3 dollardan kam pul topadi. Afrika va Lotin Amerikasidagi juda ko‘p o‘lkalarda aholining yarmidan ko‘pi norasmiy ishlaydi.
G.Sattorova, O‘zA
Ўзбекча
English
Русский