BMT rahbari Eronga hujumni qoraladi
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va BMT agentliklari rahbarlari Isroil va AQSH tomonidan Eronga birgalikda uyushtirilgan hujumini, shuningdek Eronning Isroil va Fors ko‘rfazi mintaqasiga qarshi qasoskor haraktini qoraladi.
- Yaqin Sharqdagi harbiy kuchayishni qoralaymiz, - dedi Guterrish. - Qo‘shma Shtatlar va Isroil Eronga qarshi kuch ishlatishi va Eronning mintaqa bo‘ylab keyingi qasoskor hujumi xalqaro tinchlik va xavfsizlikka putur yetkazadi.
BMT Inson huquqi bo‘yicha Oliy komissari Folker Turk aytishicha, bomba va raketalar kelishmovchilikni hal qilish usuli emas, balki faqat o‘lim, vayronagarchilik va insonlar azob-uqubatiga olib keladi.
Oxir-oqibat eng qimmat to‘loov begunoh aholi gardaniga tushadi. Turk tomonlarni oddiy odamlar o‘rtasida keyingi qurbonlarga, nafaqat Eron, balki butun Yaqin Sharqda tasavvur qilib bo‘lmaydigan vayronagarchilikka olib keladigan keng ko‘lamli mojaroning oldini olish uchun muzokaraga qaytishga chaqirdi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Eronga hujum oqibatida 201 kishi halok bo‘lgan.
G.Sattorova, O‘zA
Ўзбекча
English
Русский