Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqqa yo‘llagan Murojaatnomasi urdu tilida nashr etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi Pokistonda urdu tilida kitob shaklida chop etildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Mamlakatimiz Tashqi ishlar vazirligi hamda Islomoboddagi elchixonamiz tashabbusi bilan amalga oshirilgan ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad mazkur qardosh davlatdagi urdu tilida so‘zlashadigan aholiga yurtimizdagi islohotlar, davlat va jamiyatning rivojlanish strategiyalari, O‘zbekiston yetakchisining ilg‘or siyosiy tashabbuslari to‘g‘risida to‘liq va aniq ma’lumot yetkazishdir.

Pokiston ekspertlari ta’kidlashicha, Murojaatnomaning urdu tiliga tarjima qilinishi mamlakatlarimiz, xalqlarimiz o‘rtasidagi siyosiy va madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadamdir.

Nashr Pokiston ijtimoiy-siyosiy, ishbilarmon va akademik doiralari hamda keng jamoatchilik vakillari o‘rtasida tarqatiladi.

O‘zA

Powered by GSpeech