Global mehnat bozori holati infografikada
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Gallupning “Global mehnat bozorining holati” nomli yillik global hisobotini tahlil qildi. Unda bandlik sharoitlari, xodimlarning jalb etilganligi, ularning farovonligi, emotsional holati va mehnat bozorini qanday qabul qilishi o‘rganilgan.
Xodimlarning jalb etilganligi (ichki motivatsiyasi) ularning o‘z ishiga, jamoasiga va ish beruvchisiga bo‘lgan psixologik bog‘liqligini aks ettiradi. Bu, shuningdek, tashkilot natijalariga hissa qo‘shishga tayyorlikni ham o‘z ichiga oladi. Gallup jalb etilganlik bilan mehnat unumdorligi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik borligini ta’kidlaydi, bu esa o‘z navbatida biznes ko‘rsatkichlariga, jumladan foydalilik va sotuv hajmiga ta’sir qiladi..
2025-yilda xodimlarning global jalb etilganlik darajasi 20% ni tashkil etdi, bu esa 2020-yildan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
Buning sabablari va natijasi o‘rganilganda,
64% xodimlar motivatsiyasiz bo‘lib qolmoqda
16% xodimlar faol ravishda motivatsiyasiz bo‘lib, ishdan ongli ravishda uzoqlashishni namoyon qilmoqda
Past jalb etilganlik tufayli jahon iqtisodiyoti yo‘qotishlari $10 trillionga baholanmoqda, bu taxminan jahon yalpi ichki mahsulotning 9% iga teng ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Sun’iy intellektni ham o‘z ichiga olgan texnologiyalar faol joriy etilayotganiga qaramasdan, kutilgan samaradorlik o‘sishi kuzatilmayapti.
Bu bo‘yicha ma’lumotlar o‘rganilganida
65% xodimlar shaxsiy samaradorligi oshganini ta’kidlamoqda
biroq 89% kompaniyalar umumiy samaradorlik oshganini qayd etmayapti
95% holatda foydaga ta’sir kuzatilmayapti
Faqat 12% xodimlar sun’iy intellekt ularning ish jarayonlarini sezilarli darajada o‘zgartirgan deb hisoblayotgani ma’lum bo‘ldi.
Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA
Ўзбекча
English
Русский