Poytaxtimizda gender va yoshlar masalalari bo'yicha hamkorlikni rivojlantirishga bag'ishlangan xalqaro forum ishi uchta sho''ba masjlislarida davom etmoqda.
Yoshlarning taraqqiyotda tutgan o'rnini kuchaytirish, ularning tashabbus va salohiyatidan foydalanishga qaratilgan birinchi sho''bada O'zbekiston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o'rinbosari S.Mirziyoeva, Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi A. Sa'dullaev mamlakatimizda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilayotganini ta'kidladi, deb xabar berdi O'zA.
Yoshlar siyosati masalalari bo'yicha huquqiy baza ham takomillashtirilmoqda. Jumladan, bu yo'nalishda 40 ta normativ-huquqiy hujjat, jumladan, 3 ta qonun, Prezidentning 5 ta farmoni va 8 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 18 ta qarori qabul qilindi.
Yoshlar bilan bog'liq deyarli 70 ta normativ-huquqiy hujjatga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi. O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning o'sib kelayotgan avlod salohiyatini ro'yobga chiqarish borasidagi beshta muhim tashabbusini hayotga tatbiq etish bo'yicha izchil faoliyat amalga oshirilmoqda. Mamlakatda yoshlarning ijodiy rivojlanishi, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Forum ishtirokchilari xorijiy mamlakatlarda yoshlar manfaatlarini ro'yobga chiqarish, yoshlar tashkilotlari yetakchilarini o'qitish va tayyorlash xalqaro dasturlarini amalga oshirish, Yevropa, Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlaridagi yoshlar siyosatini amalga oshirish tendentsiyalari haqida ham xabardor etildi.
Forumda Senat raisi T. Norboeva yoshlar uchun kelgusida yana keng imkoniyatlar yaratish ustida ish olib borilayotganini qayd etar ekan, 2020 yilda O'zbekistonda yoshlar parlamenti tuzilishini ham ta'kidladi.
Yoshlar parlamenti a'zolari yoshlarga daxldor qonunlar tayyorlanishi, takomillashtirilishida senatorlar bilan birga ishtirok etadi. Bu jarayonda ularning fikrlari inobatga olinadi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
(O'zA fotosuratlaridan foydalanildi)
- Qo'shildi: 28.11.2019
- Ko'rishlar: 5054
- Chop etish