Konstitutsiyaviy sud “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 86-moddasi birinchi qismiga sharh berish haqida qaror qabul qildi

2024-yil 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi o‘z ishini davom ettirdi. Unda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 86-moddasi birinchi qismiga rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqildi.  

Sud majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi, Adliya vazirligi vakillari, shuningdek Konstitutsiyaviy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi a’zolari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi masalani har tomonlama ko‘rib chiqib, tegishli qonun hujjatlari va ishga doir barcha materiallarni tahlil qilib, mazkur masalaga oid xorijiy tajribani o‘rganib, shuningdek Konstitutsiyaviy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi a’zolari fikrlarini tinglab, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 86-moddasi birinchi qismiga sharh berish haqida qaror qabul qildi.

Mazkur qaror “Xalq so‘zi” gazetasi, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi va Konstitutsiyaviy sudning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyaviy sudi 

Powered by GSpeech