Markaziy Osiyodagi o‘zgarishlar natijalari butun dunyoda yuqori baholanmoqda va e’tirof etilmoqda
Kaxa Imnadze, BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz rahbari:
"Markaziy Osiyo ko‘p jihatdan mintaqaviy hamkorlikning noyob modeli va mintaqada yashovchi barcha xalqlar farovonligi yo‘lida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini qanday qurish kerakligi borasida dunyoning boshqa mintaqalari uchun namuna bo‘la oladi".
F.Lukyanov, Rossiya Federatsiyasi Tashqi va mudofaa siyosati kengashi raisi:
"Barqarorlik va ochiqlik Markaziy Osiyoning tashrif qog‘oziga aylandi".
“Bu ijobiy o‘zgarishlarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ochiqlik va jarayonga daxldorlik yo‘liga qat’iy o‘tgan O‘zbekiston hal qiluvchi rol o‘ynamoqda. Bunday yondashuv butun mintaqaga shiddatli kuch bermoqda, boshqalarga namuna bo‘lmoqda. Aynan O‘zbekiston rahbariyati va shaxsan Prezident Mirziyoyevning faolligi va g‘ayrati obyektiv tendensiyalarni real jarayonlarga aylantirish uchun zarur sur’atni ta’minlamoqda”.
Richard Vayts, Xadson instituti (AQSH) eksperti:
"Sh.Mirziyoyev Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan munosabatlarni yaxshilashda namoyish etganazmu shijoat ushbu hamkorlar Toshkentning yangi mintaqaviy yondashuvini kutgan va olqishlaganidan dalolat beradi".
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat Yevroosiyoning qoq markazida, ko‘plab "Sharq-G‘arb" va "Shimol-Janub" transport yo‘laklari orasida joylashgan bo‘lib, bu "Toshkentning ko‘magi yirik mintaqaviy loyihalar uchun juda muhim va Yevroosiyoning barqarorligi va ravnaqi uchun hayotiy ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi".
Chjao Xuashen, Shanxaydagi Fudan universiteti professori:
"Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqa ichida ham, tashqarisida ham umumiy o‘ziga xoslikni tobora ko‘proq tan olishmoqda".
"Markaziy Osiyo jahonda yaxlit va bir butun hudud sifatida tanilmoqda, u o‘zining xalqaro nufuzini mustahkamlash uchun yanada ko‘p imkoniyatlarga va tashqi dunyo bilan munosabatlarda kattaroq vaznga ega bo‘lishi mumkin".
Rasmiy xabarlar
- Qo'shildi: 14.08.2024
- Ko'rishlar: 939
- Chop etish