Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Munosib turar-joy masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi B.Radjagopal O‘zbekistonga tashrif buyurgan bo‘lib, joriy yilning 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari S.Samadov, Majburiy ijro byurosi direktorining o‘rinbosari Z.Xalmuxamedov va Adliya vazirining o‘rinbosari M.Ikramov bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida Maxsus ma’ruzachi davlatimizda aholining ojiz qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni uy-joy bilan ta’minlash, uy-joyi buzilishga tushganlarga kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish, qurilish sohasidagi qonunbuzilishlar uchun jazo muqarrarligining ta’minlanishi haqida ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga, maxsus ma’ruzachi B.Radjagopal uni qiziqtirgan savollarni berib, mamlakatda uy-joy bilan ta’minlash sohasida olib borilayotgan siyosatni qo‘llab-quvvatlagan holda o‘zining ijobiy fikrlarini berdi hamda tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuv do‘stona va konstruktiv muloqot tarzida o‘tdi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining rasmiy Telegram-kanali
- Qo'shildi: 21.08.2024
- Ko'rishlar: 922
- Chop etish