O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, ushbu Dastur 2024 yil 1-noyabrdan “Kambag‘al oilalar uchun yettita imkoniyat va mas’uliyat” tamoyili asosida:
- barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish;
- ta’lim olish va kasb-hunar o‘rganish;
- kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish;
- ijtimoiy xizmatlardan foydalanish;
- yashash sharoitlarini yaxshilash;
- davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish;
- davlat organlari xodimlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish mezonlarini nazarda tutgan holda ijro etiladi.
Shuni alohida qayd etish joizki, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi kambag‘allikni qisqartirish sohasida erishilgan ijobiy natijalar va to‘plangan milliy tajriba hamda ilg‘or xalqaro amaliyot asosida har bir fuqaroni o‘zi va farzandlari kelajagi uchun mas’uliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan. Dasturni amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, 2024-yilning qolgan davrida 500 ming, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 25.09.2024
- Ko'rishlar: 815
- Chop etish