18-dekabr kuni Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlari tashqi ishlar vazirliklari huquqiy xizmatlari rahbarlari Maslahat qo‘mitasining 37-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir oflayn va onlayn tarzda tashkil etildi.
MDH Maslahat qo‘mitasining yig‘ilishida O‘zbekiston tomonidan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi Shartnomaviy-huquqiy boshqarmasi boshlig‘i A.Sultonov, Shartnomaviy-huquqiy boshqarma ikkinchi kotibi E.Abdumajitov va Shartnomaviy-huquqiy boshqarma ikkinchi kotibi Sh.Obilova ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi vakillari ham hozir bo‘ldi.
Ishtirokchilar kun tartibiga kiritilgan keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildilar. Jumladan:
· ishchi guruh majlisi yakunlari bo‘yicha tayyorlangan xalqaro majburiyatlarni bajarish va xalqaro-huquqiy sohadagi hamkorlikning ayrim jihatlari bo‘yicha uslubiy tavsiyalar loyihasi;
· MDHga a’zo davlatlarining ilmiy hamjamiyatlari o‘rtasida xalqaro huquq sohasidagi hamkorlik istiqbollari;
· BMT Bosh Assambleyasi Oltinchi qo‘mitasi kun tartibining asosiy masalalari va BMT Xalqaro huquq komissiyasi ko‘rib chiqayotgan mavzular yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, xalqaro huquq soasining dolzarb tendensiyalari tahlil qilindi.
O‘zbekiston tomoni ko‘rib chiqilgan har bir masala muhokamasi jarayonida amaliy va asosli takliflar hamda sharhlar bilan ishtirok etdi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 18.12.2024
- Ko'rishlar: 299
- Chop etish