Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mahalla xalq farovonligiga xizmat qiluvchi samarali ijtimoiy institut sifatida shakllandi.
Mahallalar davlat va jamoat ishlarida ishtirok etuvchi faol subyektga aylanib, har bir mahalla uchun moliyaviy va texnik resurslar ajratildi.
Xalqimizning manfaat va ehtiyojlaridan kelib chiqib, mahallalarda Yangi O‘zbekistonga mos va xos zamonaviy tizim — “Yettilik” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan tayyorlangan ushbu videolavhada “mahalla yettiligi”ning faoliyati, vazifa va vakolatlari xalqchil tilda tushuntirilgan.
Segment.uz
- Qo'shildi: 20.12.2024
- Ko'rishlar: 401
- Chop etish