18-aprel kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor, polkovnik Muzaffar Mamasiddiqov imzoladilar.
Ushbu Memorandum davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojlari uchun yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklida yuridik fanlar tarmog‘i bo‘yicha ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash sohasini yanada rivojlantirish yo‘nalishida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.
Tomonlar yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yo‘nalishlarida, shuningdek, o‘zaro hamkorlikda tashkil etiladigan turli tadbirlarda inson huquqlari, inson huquqlari sohasidagi ta’lim va huquqiy madaniyatni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor beradi.
Hamkorlik memorandumini imzolash marosimida Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz vakillari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, kursantlari, harbiy xizmatchilar, malaka oshirish kursi tinglovchilari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 18.04.2025
- Ko'rishlar: 285
- Chop etish