Bolalar himoyasi yanada kuchaytirildi (+video)

15 maydan boshlab, O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kiradi. Mazkur qonun bolalarni har qanday shakldagi zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan muhim huquqiy hujjatdir.

Yangi qonunga ko‘ra, endilikda, o‘z bolalariga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday shakliga yo‘l qo‘ygan ota-onalarga javobgarlik choralari qo‘llaniladi, zo‘ravonlik darajasi aniqlangach, eng oxirgi chora sifatida hatto bola ulardan olib qo‘yilishi ham mumkin.  

Shu bilan birgalikda;  

• Zo‘ravonlik faqat jismoniy jinsiy va ruhiy emas, balki bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya va boshqa shakllarini ham o‘z ichiga oladi;  

• Bolalarga himoya orderi beriladi;    

• Bolalarga zo‘ravonlik harakatlarini sodir etgan pedagog yoki tarbiyachining kelgusida ushbu va boshqa ta’lim muassasalarida faoliyat yuritishiga cheklov qo‘yiladi;  

Shu bilan birgalikda, bolalarga nisbatan sodir etilayotgan zo‘ravonlikning oldini olishda mutasaddi idoralar va huquq- tartibot organlarining maxsus faoliyati mexanizmi belgilab berildi.  

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev, O‘zA

Powered by GSpeech