Biznes-ombudsman devonida Ozarbayjon Ombudsmani vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2025-yil 26-may kuni Biznes-ombudsman devonida Ozarbayjon Respublikasi Ombudsmani matbuot kotibi janob Araz Askerli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Ma’lumki, ikki qardosh mamlakat o‘rtasida turli sohalarda hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda. Jumladan, ikki mamlakat ommaviy axborot vositalari va axborot xizmatlari o‘rtasida doimiy ravishda tajriba almashish maqsadida o‘zaro safarlar tashkil etib kelinmoqda. Bu galgi tashrif ham ana shunday hamkorlikning bir ko‘rinishidir.

 

Uchrashuv chog‘ida janob Araz Askerli Biznes-ombudsman devonining faoliyati, xususan, axborot xizmatining ishlash tartibi bilan yaqindan tanishdi. Suhbat davomida u Biznes-ombudsmanning vakolatlari va ish imkoniyatlariga yuqori baho berib, o‘z fikrini bildirdi:

 

«Biz sizlarning faoliyatingiz va vakolatlaringizni yuqori baholaymiz va bu borada o‘zaro tajriba almashishdan manfaatdormiz...»

 

Shundan so‘ng Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz qoshidagi 2024-yilda tashkil etilgan «Inson huquqlari uyi»ga tashrif buyurib, inson huquqlarini himoya qilishga oid markazdagi adabiyotlar bilan tanishildi.

 

 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil  

Powered by GSpeech