29-may kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida 12.00.13 – “Inson huquqlari” ixtisosligi bo‘yicha doktorant va mustaqil izlanuvchilar bilan malakaviy imtihon hamda mustaqil izlanuvchilikka nomzodlarni qabul qilish yuzasidan suhbat bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori hamda Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2023-yildagi 332/6-sonli qarori bilan tasdiqlangan Malakaviy imtihon dasturi asosida tashkil etildi.
Ushbu imtihon mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan huquqshunos olimlari va mutaxassislardan iborat komissiya tomonidan o‘tkazildi.
Unda doktorant va mustaqil izlanuvchilar hamda mustaqil izlanuvchilikka nomzodlarga mamlakatimizda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ixtisoslik bo‘yicha mavjud ilmiy tadqiqotlar va ulardagi zamonaviy yo‘nalishlar, ixtisoslik bo‘yicha tadqiq etilayotgan mavzu doirasida mavjud ilmiy muammolar va ularning yechimi yuzasidan savollar berildi.
Malakaviy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan doktorant va mustaqil izlanuvchilarga guvohnoma topshirildi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 05.06.2025
- Ko'rishlar: 426
- Chop etish