2025-yil 22-oktyabr kuni Rossiya Fanlar akademiyasining Davlat va huquq institutida Rossiya Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti o‘rtasida ilmiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
Hujjat Rossiya Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, yuridik fanlar doktori, professor A.N.Savenkov va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori, yuridik fanlar doktori, professor M.T.Turg‘unov tomonidan tantanali ravishda imzolandi.
Bitimda yuridik fanlar sohasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish rejalari belgilangan; u umumiy ilmiy makonni rivojlantirish va mustahkamlashga, qonun ijodkorligi va ilmiy kadrlar tayyorlash sohasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazishga qaratilgan.
Tadbirda Rossiya Fanlar akademiyasi a’zolari - Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, yuridik fanlar doktori, professor A.N. Savenkov, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, yuridik fanlar doktori, professor A.G. Lisitsin-Svetlanov, O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi vakillari, shuningdek, Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, yuridik fanlar doktori, professor, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.X. Saidov ishtirok etdi.
Shuni ham mamnuniyat bilan ta’kidlash lozimki, ushbu uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik A.X. Saidov Rossiya fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti 100 yilligiga bag‘ishlab chiqarilgan faxriy medal bilan taqdirlandi, mazkur mukofot tantanali ravishda unga topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
- Qo'shildi: 23.10.2025
- Ko'rishlar: 78
- Chop etish
Ўзбекча
English
Русский