Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi matbuot xizmatining 2025-yildagi faoliyati: dalillar va raqamlarda

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini targ‘ib etish doirasida 2025-yil davomida 5 ming 489 ta axborot Milliy markaz rasmiy saytining “Markaz yangiliklari” rukniga joylashtirildi.

Mamlakat OAVda e’lon qilingan inson huquqlariga taalluqli materiallar saralanib, muntazam ravishda Milliy markaz saytining “O‘zbekiston yangiliklari” rukniga joylab borildi.

Milliy markaz saytining “Xorij yangiliklari” rukniga xalqaro tashkilotlar rasmiy saytlari va xorijiy OAVning inson huquqlariga doir muhim materiallari saralab berib borildi.

Milliy markaz matbuot xizmatining axborotlari, shuningdek, O‘zbekiston teleradio kanallari, gazetalar, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va veb-saytlarda e’lon qilindi. Ingliz va rus tillariga tarjima qilingan 163 ta axborot ommaviy axborot vositalarida tarqatildi.

O‘tgan yili Milliy markazda xalqaro tashkilot va xorijiy davlatlar delegatsiyalari bilan 30 dan ortiq uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu jarayonlarning barchasi haqida jamoatchilikka o‘z vaqtida axborot yetkazib turildi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlari tomonidan 2025-yil yanvar-dekabr oylarida 246 ta maqola, intervyu va ko‘rsatuvlar tayyorlanib, OAVda e’lon qilindi. Xususan:

  • 2025-yil nomlanishiga bag‘ishlab 13 ta;

  • yangi tahrirdagi Konstitutsiya targ‘iboti bo‘yicha 34 ta;

  • xalqaro kunlarga bag‘ishlab 90 ta;

  • milliy kunlarga doir 31 ta;

  • boshqa mavzularda 58 ta maqola chop etildi.

Milliy markaz matbuot xizmati materiallarini XS.uz, Dunyo.info, UzA.uz, Yuz.uz, Darakchi.uz, UzDaily.uz, Nuz.uz, Kultura.uz kabi ommaviy axborot vositalarida tarqatish ta’minlandi.

Bundan tashqari “Yangi O‘zbekiston”, “Pravda Vostoka”, "Ishonch", “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo”, "Kuch – adolatda", "Hurriyat", “Jadid”, “Iste’mol madaniyati” gazetalari hamda MTRK telekanallari va nodavlat telekanallar bilan hamkorlikda ish olib borildi.

Milliy markaz faoliyatiga doir 160 ta material The Asia Today, The Times of Central Asia, CGTN, SINXUA Novosti, The Diplomatic Watch, Global News Pakistan, The Europe Today, Public, Newz Todays, Diplomatic Insight Publishers, DNA News Agency, The Gulf Observer, embassylife.ru singari xorijiy manbalarda faol yoritildi.

Matbuot xizmati tomonidan 2025-yilda dolzarb mavzularda to‘g‘ridan to‘g‘ri brifinglar o‘tkazish amaliyoti davom ettirildi. Jumladan:

21-fevralda – Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturining bajarilishi yuzasidan;

24-martda – Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining 2024-yildagi faoliyati sarhisobi yuzasidan;

5-iyunda – O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishining holati mavzusida brifinglar o‘tkazildi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Powered by GSpeech