“TONG YULDUZI” TAHRIRIYATIGA KITOBLAR TAQDIM ETILDI
2026-yil 11-fevral kuni “Tong yulduzi” gazetasi nashriyotida kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi Axborot-kutubxona markazi – “Inson huquqlari uyi” tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida beg‘araz taqdim etilgan adabiyotlar tahririyat jamoasiga topshirildi.
Taqdim etilgan to‘plamdan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning asarlari, inson huquqlari mavzusidagi nashrlar, shuningdek, Xitoy madaniyati va adabiyotiga bag‘ishlangan jami 28 nomdagi 56 nusxa kitob hamda 6 ta elektron disk (e-book) o‘rin olgan.
Kitoblarni qabul qilib olgan “Tong yulduzi” gazetasi rahbari Feruza Adilova mazkur adabiyotlar tahririyat faoliyati, ayniqsa, yoshlar uchun tayyorlanadigan ma’rifiy materiallar mazmunini boyitishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi hamda ushbu e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuv davomida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida mutolaaga qiziqishni oshirish masalalari haqida ham fikr almashildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvarda qabul qilingan “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbirda Milliy markazning Axborot-resurs multimedia bo‘limi jamoasi ham ishtirok etdi.
Mazkur kitoblar tahririyat xodimlari hamda gazetaning keng o‘quvchilar auditoriyasi uchun inson huquqlari, xalqaro hamkorlik va Xitoy madaniyatiga oid bilimlarni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
Ўзбекча
English
Русский