Murojaatlarni asossiz ravishda quyi tizimlarga ko‘rib chiqish uchun yuborgan tashkilot rahbarlariga endi keskin chora ko‘riladi
Murojaatlar bilan ishlashda “mahalla yettiligi”ning mas’uliyati oshiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari yuzasidan videoselektorda qayd etildi.
Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi. Uni yuritishga yoshlar yetakchisi bilan mahalla raisi mas’ul bo‘ladi. Ular kelayotgan murojaatlarning sabablarini o‘rganib, kunlik ma’lumotlarni hokimlarga taqdim qilib boradi.
Mutasaddilarga “Raqamli mahalla” tizimini Prezident Virtual qabulxonasiga to‘liq integratsiya qilish topshirildi.
Bundan buyon murojaatlarni asossiz ravishda quyi tizimlarga ko‘rib chiqish uchun yuborgan tashkilot rahbarlariga keskin chora ko‘rilishi belgilandi.
Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun jazo ham kuchaytiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali
Ўзбекча
English
Русский