Bola huquqlari va Bolalar ombudsmani: jamoatchilik fikri va mavjud muammolar tahlili
Bugungi kunda bolalar huquqlarini himoya qilish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasida Bolalar ombudsmani instituti tashkil etilgan bo‘lib, u bolalarning huquq va erkinliklariga rioya etilishini monitoring qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqadi .
Shu bilan birga, aholining ushbu institut haqidagi xabardorlik darajasi, uning vakolatlari va imkoniyatlari to‘g‘risidagi bilimlari, shuningdek, bolalar huquqlarini ta’minlash jarayonida mavjud muammo va to‘siqlar to‘liq o‘rganilishi muhim ahamiyatga ega.
Mazkur yo‘nalishda jamoatchilik fikrini aniqlash, fuqarolarning munosabati va takliflarini o‘rganish maqsadida sotsiologik tadqiqot (so‘rovnoma) o‘tkazilmoqda.
Ўзбекча
English
Русский