Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

V Samarqand forumining yakuniy hujjati – BMT e’tirofida

Ma’lumki, Özbekiston taşabbusi bilan 2026-yilning 28-29-sentyabr kunlari Toşkent va Samarqand şaharlarida taşkil etilgan V Samarqand forumi doirasida “Samarqand nigohi – 2040: inson qadr-qimmati, tenglik va barqaror rivojlaniş yölida global hamkorlik” nomli yakuniy hujjat qabul qilingan edi.

Endilikda Inson huquqlari böyiça V Samarqand forumining 2026-yil 29-sentyabr kuni imzolangan uşbu yakuniy hujjati BMT Boş Assambleyasining rasmiy hujjatlari tizimiga kiritildi. Hujjat Özbekiston Respublikasining Birlaşgan Millatlar Taşkiloti huzuridagi Doimiy vakilining 2026-yil 15-oktyabrdagi maktubiga ilova qilingan tarzda BMT Boş Assambleyasining 2026-yil 20-oktyabrda bölib ötgan majlisiga sessiya kun tartibining 70 (b)-bandi böyiça Boş Assambleya hujjati sifatida taqdim etildi va A/81/444 raqamli belgi ostida BMT a’zo-davlatlariga tarqatildi.

Tuzilişiga köra, uşbu xalqaro hujjat muqaddima, 6 ta bölim, 24 ta band va 8 ta çora-tadbirni qamrab olgan “Yöl xaritasi”dan iborat.

Maqsad e’tibori bilan u inson huquqlariga oid xalqaro standartlarni milliy darajada samarali amalga oşiriş, rivojlaniş huquqi va ijtimoiy adolatni ta’minlaş, kambağallik va tengsizlikni qisqartiriş, bolalar va nogironligi bölgan şaxslar huquqlarini himoya qilişga qaratilgan.

Yakuniy hujjatda, ayniqsa ayollar va yoşlar huquqlari alohida himoya ostiga olingan. Ular nafaqat tinçlik va rivojlanişdan naf köruvçilar, balki inklyuziv va barqaror tinçlikni şakllantirişda özgarişlar taşabbuskorlari, qaror qabul qiluvçilar, vositaçilar, tinçlik örnatuvçilar va yetakçilar maqomida e’tirof etilgan.

Şuningdek, unda sun’iy intellekt va raqamli muhitda inson huquqlarini ta’minlaş, iqlim özgarişi va ekologik adolat, fuqaroligi bölmaganlik holatini qisqartiriş, demografik özgarişlar, tinçlik va xavfsizlik kabi dolzarb masalalar qamrab olingan.

Hujjatning muhim amaliy taşabbuslari sifatida “Hamkorlik uçun Samarqand raqamli platformasi”ni taşkil etiş, inson huquqlari sohasida natijadorlik indikatorlarini işlab çiqiş, milliy tajribalar almaşinuvi va 2040-yilgaça ixtiyoriy monitoring tizimini şakllantiriş nazarda tutilgan.

Bir söz bilan aytganda, “Samarqand nigohi – 2040” inson qadr-qimmati va tenglikni ta’minlaş, inson huquqlarini himoya qilişning milliy va universal tizimini mustahkamlaş hamda barqaror taraqqiyotni rağbatlantiriş yölida xalqaro hamkorlikning uzoq muddatli konseptual va ustuvor yönalişlarini belgilaydigan strategik hujjatdir. Hujjat xalqaro huquqiy standartlarni milliy amaliyotga joriy etiş, yangi global çaqiriqlarga javob beriş va inson huquqlariga asoslangan barqaror rivojlanişni ta’minlaşga kömaklaşadi.

Eslatib ötiş joizki, Samarqand forumlarining avvalgi yakuniy hujjatlari ham ayni şunday tartibda BMT e’tiboriga havola etilgan edi. Xususan, 2018-yildagi Samarqand deklaratsiyasi – A/73/730, 2020-yildagi Samarqand rezolyutsiyasi – A/74/998, 2022-yildagi Samarqand harakatlar rejasi – A/77/800, 2024-yildagi Samarqand forumining yakuniy hujjati esa A/78/999 raqami bilan Özbekiston murojaati asosida BMT hujjatlari tizimiga kiritilgan edi.

Inson huquqlari böyiça Samarqand forumi va unda qabul qilinayotgan yakuniy hujjatlarning BMT darajasida e’tirof etilişi Özbekiston uçun muhim ahamiyatga ega. Birinçidan, Samarqand forumi inson huquqlari sohasida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarni jahonga tanitiş hamda inson huquqlarini ta’minlaşga qaratilgan içki içki islohotlarning xalqaro hamjamiyat tomonidan munosib baholanişi uçun qulay fursat hisoblanadi.

Ikkinçidan, Forum yakunida qabul qilinayotgan deklaratsiya, rezolyutsiya va yakuniy hujjatlarning BMT va boşqa xalqaro taşkilotlar doirasida tarqatilişi va e’tirof etilişi ularning siyosiy va huquqiylik darajasini oşiradi hamda mamlakatimizning xalqaro norma ijodkorligidagi iştirokini kuçaytiradi. Şu tariqa, Samarqand forumi va uning yakuniy hujjatlari orqali yangrayotgan Özbekistonning inson huquqlari sohasidagi taşabbuslari davlatimizning xalqaro nufuzini oşirişga, xalqaro taşkilotlardagi mavqeini mustahkamlaşga hamda milliy manfaatlarimizni xalqaro miqyosda tölaqonli himoya qilişga xizmat qilmoqda.

 

 

Haydarali Yunusov

Toşkent davlat yuridik universiteti professori,

yuridik fanlar doktori

Nashr sanasi 30.10.2026 Ko'rishlar 245
Ulashish