Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Samarqand forumi inson xavfsizligi masalalariga doir xalqaro yondaşuvlar bilan yaqindan tanişiş imkonini berdi

Toşkent va Samarqand şaharlarida 2026-yil 28–29-sentyabr kunlari ötkazilgan Inson huquqlari böyiça V Samarqand forumi inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlaş, inson qadr-qimmatini himoya qiliş, barqaror rivojlanişga erişiş, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş hamda global va mintaqaviy xavfsizlik masalalariga bağişlandi.

Forumda davlat organlari, xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar, akademik hamjamiyat hamda fuqarolik jamiyati vakillari qatnaşdi. Men ham Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boşliği sifatida nufuzli xalqaro anjumanda iştirok etdim.

Forum doirasidagi muhokamalar va yakuniy materiallarni Akademiyamiz faoliyati nuqtayi nazaridan sinçiklab örganişga intildim. Şu asnoda, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş, tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş, gumanitar hamkorlikni rivojlantiriş, şuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari xavfsizligini ta’minlaş masalalarining dolzarbligiga alohida e’tibor qaratdim.

Forum yakunida «Samarqand nigohi – 2040: Inson qadr-qimmati, tenglik va barqaror rivojlaniş yölida global hamkorlik» nomli yakuniy hujjat qabul qilindi. Unda inson huquqlarini himoya qiliş, ijtimoiy adolat, inklyuzivlik, ekologik xavfsizlik, iqlim özgarişi, raqamli muhit va sun’iy intellekt, tinçlik hamda xalqaro gumanitar huquq masalalari öz aksini topgan.

Xususan, mazkur hujjatda Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida iqlim va suv xavfsizligi, tabiiy ofatlarga tayyorgarlik hamda gumanitar faoliyat böyiça hamkorlikni mustahkamlaş zarurligi qayd etilgani Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida kadrlar tayyorlaş va ilmiy tadqiqotlar olib boriş uçun amaliy ahamiyatga ega, deb hisoblayman.

Joriy yil 15-oktyabrda Özbekiston Respublikasining BMT huzuridagi Doimiy vakili tomonidan Samarqand forumining Yakuniy hujjati BMT Boş kotibiga taqdim etilgan. Öz navbatida, tegişli xat va ilova 20-oktyabrda BMT Boş Assambleyasining 81-sessiyasi doirasida A/81/444-sonli rasmiy hujjat sifatida tarqatilgani Forum natijalarining xalqaro miqyosda yoritilişiga xizmat qildi.

Forumdagi iştirokim yakunlari böyiça «Samarqand nigohi – 2040» hujjatida belgilangan, Akademiya faoliyatiga daxldor yönalişlarni öquv jarayoni va ilmiy-tadqiqot işlari bilan uyğunlaştiriş, favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytiriş borasidagi ilğor yondaşuvlarni örganiş hamda tegişli xalqaro tajribani tahlil qiliş maqsadga muvofiq, deb bilaman.

Xulosa qilib aytganda, uşbu Forum inson xavfsizligi va barqaror rivojlaniş masalalariga doir xalqaro yondaşuvlar bilan yaqindan tanişiş, şu jumladan Akademiya uçun dolzarb yönalişlarni belgilaş va xalqaro ilmiy-ma’rifiy muloqotni mustahkamlaş nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyatga ega böldi.

 

Muzaffar Mamasiddiqov,

Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boşliği, yuridik fanlar doktori, professor

Nashr sanasi 30.10.2026 Ko'rishlar 207
Ulashish