Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida ushbu mamlakatda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi.

Norasmiy muhitda o‘tgan samimiy suhbat davomida Yangi O‘zbekistondagi islohotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar va ularni hayotga faol tatbiq etishga vatandoshlarimiz qo‘shayotgan hissasi muhokama qilindi.

photo_2026-09-15_17-31-30

Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida iqtisodiyot, ilm-fan va ta’lim sohalaridagi aloqalarni kengaytirishga qaratilgan bir qator ilg‘or takliflarni ilgari surdilar.

photo_2026-09-15_17-31-33

Milliy iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlari va davlat boshqaruviga sun’iy intellekt hamda Koreyaning raqamli texnologiyalarini integratsiya qilish, tibbiyot, transport, bojxona va turizm sohalarida innovatsion yechimlarni ilgari surish, milliy to‘lov tizimlari va pul o‘tkazmalari platformalarini jadal rivojlantirish hamda axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

photo_2026-09-15_17-31-35

Shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni chuqurlashtirish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi. Xususan, Koreya Respublikasida O‘zbekiston madaniy markazlari tarmog‘ini kengaytirish, o‘zbek tilini o‘rganish dasturlarini rivojlantirish, ikki mamlakat hududida turli madaniy tadbirlarni o‘tkazish hamda o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini koreys tiliga tarjima qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

photo_2026-09-15_17-31-36

Davlatimiz rahbari mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qo‘shayotgan salmoqli hissasi uchun vatandoshlarimizga minnatdorlik bildirib, ularning har bir tashabbusi batafsil o‘rganilishini, eng muhim loyihalar har tomonlama amaliy qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.

photo_2026-09-15_17-31-38photo_2026-09-15_17-31-41photo_2026-09-15_17-31-42photo_2026-09-15_17-31-39

O‘zbekiston yetakchisi uchrashuvda qatnashgan professorlar, tadbirkorlar, faollar va talabalarga o‘qishda va kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatlar tilab, davlatimiz ular bilan muloqotga doimo ochiqligi, vatandoshlarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga tayyorligini alohida qayd etdi.

photo_2026-09-15_17-31-32

O‘z navbatida, uchrashuv ishtirokchilari Prezidentimizga yoshlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va orzu-niyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar uchun samimiy minnatdorlik bildirib, o‘z bilim va g‘ayratini Vatanimiz farovonligi va ravnaqi yo‘lida safarbar etishga hamisha tayyor ekanligini aytdilar.

O'zA

Nashr sanasi 15.09.2026 Ko'rishlar 33
Ulashish