Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar inson huquq va erkinliklarini ta'minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro norma va standartlarni samarali amalga oshirish zaruratini tug'dirmoqda. Prezidentimizning 2018 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish to'g'risida”gi qarorida bu boradagi ustuvor yo'nalishlar va muhim vazifalar belgilab berilgan.
Ushbu qaror g'oya va talablarini ro'yobga chiqarish borasida Markazda amaliy ishlar yo'lga qo'yilgan. Xususan, yaqinda “Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzurida inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasidagi kadrlar malakasini oshirish bo'yicha o'quv kurslarini tashkil etish to'g'risida”gi hukumat qarorining loyihasi tayyorlandi. Loyiha Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etildi.
- Qo'shildi: 19.07.2019
- Ko'rishlar: 7551
- Chop etish