Farg‘onada Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon do‘stlik forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 29–31-mart kunlari Farg‘ona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon do‘stlik forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Ozarbayjon olimlari, ekspertlari, parlament aʼzolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, davlat va jamoat arboblari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari yetakchilari ishtirok etdi.

Oliy Majlis Senati Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi aʼzosi Gulnora Marufova o‘z chiqishida mazkur Forum xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash hamda samarali hamkorlikni rivojlantirishga qaratilganiga eʼtibor qaratdi.

Tadbir doirasida viloyatning O‘zbekiston tumanida joylashgan “Do‘stlik stelasi” poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Forum ishtirokchilari Farg‘ona davlat universitetida “Do‘stlik stelasi – qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklik ramzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyada ham qatnashdi.

Tadbir doirasida ilm-fan sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro ishonchni yanada kuchaytirish hamda strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar mazkur anjuman mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etishini  taʼkidladi.

O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati

Powered by GSpeech