Unda kengash hamraislari — Oʻzbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gor ishtirok etdi.

«Ushbu tuzilma Oʻzbekiston va Qoʻshma Shtatlar oʻrtasidagi biznes aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan samarali maydonga aylanishi shubhasiz. Bunga mamlakatlarimiz prezidentlarining qatʼiy siyosiy irodasi mustahkam zamin yaratmoqda», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva oʻzining Telegram kanalida.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati