Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov 19 oktyabr kuni rossiyalik taniqli huquqshunos olima, Moskva davlat xalqaro
munosabatlar instituti (MGIMO) Toshkent filiali dotsenti Yelena Trikoz bilan uchrashdi.
Tomonlar huquqiy ma'rifat va targ'ibotni rivojlantirish bo'yicha istiqboldagi hamkorlik rejalarini muhokama qildilar.
Ma'lumot uchun: Yelena Nikolaevna Trikoz – Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Huquq va qiyosiy huquqshunoslik kafedrasi dotsenti; “Qiyosiy huquqshunoslik klubi”ning ilmiy rahbari. Rossiyada o'tkaziladigan, shuningdek, xorijiy va xalqaro ilmiy konferentsiyalar hamda kasb bo'yicha malaka oshirish kurslarining faol ishtirokchisi. Ikkita monografiya va yuzdan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. U asosan “Falsafa huquqi”, “Davlat va huquq nazariyasi”, “Yuridik texnika”, “Qiyosiy huquqshunoslik”, “Huquqshunoslik fani va qiyosiy ekspertizalar uslubiyoti” mavzulari bo'yicha saboq beradi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 19.10.2019
- Ko'rishlar: 5577
- Chop etish