XMT: Global inqirozga javob berish uchun 2,5 milliard dollar kerak
Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) joriy yil uchun Inqirozga javob rejasi - 32 ustuvor mamlakat va mintaqada amalga oshiriladigan loyihalar ro‘yxatini taqdim etdi.
BMT ma’lumotiga ko‘ra, global gumanitar ehtiyoj ortib borayotgan, XMT resurslari cheklangan bir sharoitda e’lon qilingan ushbu hujjat 22,7 million kishi - migrantlar, qochqinlar, ichki ko‘chirilganlar va qabul qiluvchi jamoalarga yordam berishni nazarda tutadi. Qayd etilishicha, 2026 yil XMT eng shoshilinch ehtiyojga e’tibor qaratib, aniq ustuvorlikni belgilab olishi lozim. 2,5 milliard dollarlik moliyaviy so‘rov avvalgi yillarga nisbatan kam bo‘lsa-da, bu ehtiyoj kamayganini anglatmaydi. Cheklangan resurs ehtimoliy ta’sir eng kuchli manzillarga - eng og‘ir inqiroz, eng zaif aholi va hayotni saqlab qolish, jamoalarni barqarorlashtirish ehtiyoji yuqori amaliyotlarga yo‘naltiriladi.
Hozirgi qiyinchilik ko‘lami aniq: Sudanda mojaro boshlangandan beri har uch kishidan biri uyini tashlab ketgan. Shu bois XMT urushdan jabr ko‘rgan 1,3 million sudanlikka yordam berish uchun 170 million dollar safarbar qiladi. Mahalliy jamoalar va muassasalarni qo‘llab-quvvatlash, sifatli yordam ko‘rsatish va yanada barqaror, mahalliy yo‘naltirilgan choralarni ta’minlashga ham sarmoya kiritish ustuvor ahamiyat kasb etadi.
G.Sattorova, O‘zA
Ўзбекча
English
Русский