2019 yil 17 dekabrdan 20 dekabr kuniga qadar Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakillarining Tbilisi shahri (Gruziya)ga o'quv-tanishuv safari bo'lib o'tdi.
Tashrifdan ko’zlangan maqsad - Gruziyaning inson huquqlari sohasida monitoring olib borish, hisobot berish, shuningdek keyingi choralar bo'yicha tajribasini o'rganishdan iborat bo’ldi.
Tashrif davomida quyidagi vazirlik va idoralarda uchrashuvlar bo'lib o'tdi:
2019 yil 18 dekabr kuni Gruziya Hukumati Administraciyasining Inson huquqlari bo'yicha kengashi kotibiyatida O'zbekiston delegatsiyasining Bosh vazirning inson huquqlari va gender tengligi masalalari bo'yicha maslahatchisi Lela Akiashvili va Gruziya Inson huquqlari kengashi kotibiyati vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi,
Shuningdek, Gruziya Hukumati Administraciyasining Siyosatni rejalashtirish va muvofiqlashtirish tizimi Departamenti bo'limi boshlig'i Giorgi Bobgiashvili hamda ushbu Departamentning Barqaror rivojlanish maqsadlari ustida ish olib boruvchi xodimi.bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
2019 yil 19 dekabr kuni Gruziya Adliya vazirligida xalqaro sudlarda davlat vakolatxonasi bo'limi boshlig'i B. Dzmashvili boshchiligidagi vazirlik vakillari bilan.
Gruziya Ichki ishlar vazirligida M. Peradze boshchiligidagi Inson huquqlarini himoya qilish va tergovning sifatini nazorat qilish boshqarmasi xodimlari bilan.
Tashqi ishlar vazirligida N. Salia boshchiligidagi Xalqaro shartnomalar Boshqarmasining xalqaro huquq departamenti xodimlari bilan O'zbekiston delegatsiyasining uchrashuvlari bo’lib o’tdi.
2019 yil 20 dekabr kuni Gruziya Parlamentida Huquqiy masalalar bo’yicha qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari D. Matikashvili boshchiligidagi Inson huquqlari va fuqarolik integratsiyasi qo'mitasi devoni a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Shuningdek, Gruziya Parlamentida gender tenglik bo'yicha Kengash kotibi bilan O'zbekiston delegatsiyasining uchrashuvi ham bo'lib o'tdi.
Inson huquqlari bo`yicha
O`zbekiston Respublikasi
Milliy markazi
- Qo'shildi: 20.12.2019
- Ko'rishlar: 4896
- Chop etish