Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining Jahon bolalar kuniga bag'ishlangan  respublika onlayn ko'rik-tanlovi yakunlandi.

Mamlakatimiz o'quvchi-yoshlarining qariyb 2500 ta ijodiy materiallari orasidan eng yaxshi deb topilganlari tanlovga qabul qilindi. Shundan 4 yo'nalishda 3 nafardan g'olib, jami 12 nafar mutlaq g'olib aniqlandi.

Onlayn ko'rik-tanlovning mutlaq g'oliblari bilan tanishing:

        

1- yo'nalish. «Eng yaxshi ijro etilgan qo'shiq»

 

         1-o'rin - Xorazm viloyati Urganch shahar 24-ixtisoslashtirilgan maktabining 5,6,7-sinf o'quvchilari;

         2-o'rin - Umarqulov Otabek, Jizzax viloyati Yangiobod tumani 12-umumiy o'rta ta'lim maktabining 8-sinf o'quvchisi;

         3-o'rin - Turg'anbaev Sardarbek va Turg'anbaev Aqilbek Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahar 21-maktabining 7 va 8-sinf o'quvchilari.

 

2- yo'nalish. «Bola huquqlariga oid eng yaxshi videoroliklar»

 

         1-o'rin - Omonova Sevinch,  Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi;

         2-o'rin -  Salohiddinov Sardor, Toshkent shahar Sergeli tumani 268-maktabining 4-"ye" sinf o'quvchisi;

         3-o'rin - Adilova Lazokat, Toshkent viloyati Zangiota tumani 39-maktabining 4-"b"sinf o'quvchisi.

 

3-yo'nalish. «Bola huquqlariga oid eng yaxshi chizilgan rasm»

 

         1-o'rin - Bekmurodova Orzigul Turg'un qizi, Jizzax viloyati G'allaorol tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabining Tasviriy san'at to'garagi a'zosi;

         2-o'rin - Abdurahmonov Asliddin, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani 30-maktabining 9-sinf o'quvchisi;

         3-o'rin - Toshniyozova Fotima, Navoiy viloyati Zarafshon shahar 2-umumta'lim maktabining 9-"ye" sinf o'quvchisi.

 

4- yo'nalish. «Bola huquqlariga oid eng yaxshi tayyorlangan huquqiy ma'lumot"

 

         1-o'rin - Azizova Farangiz, Samarqand viloyati Samarqand shahar 20-umumta'lim maktabining 3-sinf o'quvchisi;

         2-o'rin -  Abibullaeva Jayrona, Toshkent viloyati Chirchiq shahar 21-umumiy o'rta ta'lim maktabining 6-"g" sinf o'quvchisi;

         3-o'rin - Anarbekov Azimxan, Katkov Bogdan, Yerimbetova Polina-Larita, Toshkent shahar Mirobod tumani 60-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabining 5-"V" sinf o'quvchilari.

 

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech