Nizomga koʻra, ijtimoiy xizmatlar zoʻravonlikdan jabrlangan, oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalar va ularning oilalari uchun himoya qilish rejasiga muvofiq koʻrsatiladi.

Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalar va ularning oilalari uchun individual integratsiya rejasiga muvofiq koʻrsatiladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ularning oilalariga quyidagi shakllarda ijtimoiy xizmatlar koʻrsatiladi:

ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun:

  • 6 oygacha boʻlgan muddatga qisqa muddatli ijtimoiy xizmatlar;
  • 1-yilgacha boʻlgan muddatga uzoq muddatli ijtimoiy xizmatlar;
  • 1-yilgacha boʻlgan muddatga tunu kun koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ularning oilalari uchun «Mehrli oila« xizmati.

Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish istagini bildirgan YATT yoki yuridik shaxslar «Yagona milliy ijtimoiy himoya« axborot tizimining («Ijtimoiy himoya« AT) Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilarning yagona reyestriga kiritilishi lozim.

«Ijtimoiy himoya« ATda roʻyxatdan oʻtish uchun talabgor tomonidan soʻrovnoma toʻldiriladi.

Soʻrovnoma 10 ish kuni ichida talabgorning quyidagi talablarga muvofiqligi boʻyicha oʻrganib chiqiladi:

  • talabgorda kamida 2 nafar psixoijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi mutaxassislarning mavjudligi va ularning kamida 1-yillik ish stajiga ega boʻlishi hamda sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnomaning boʻlishi;
  • bino va inshootlarda sanitariya holati taʼminlanganligi.

Soʻrovnoma tasdiqlanganidan soʻng talabgor Yagona reyestrga kiritiladi va bu toʻgʻrisida uning «Ijtimoiy himoya« ATdagi shaxsiy kabinetiga elektron xabarnoma yuboriladi.


 “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati