13 yoshdan jinoiy javobgarlik: Koreyada yangi bahs
Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon hukumatga jinoiy javobgarlik yoshini pasaytirish masalasida jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu taklif 10-14 yoshli bolalarga nisbatan qo‘llanadigan mavjud me’yorni qayta ko‘rib chiqishga qaratilgan. "Yonhap" yozishicha, Adliya vazirligi o‘smirlar o‘rtasida qonunbuzarlik kuchayishi ortidan yoshga tegishli yuqori chegarani kamida bir yil tushirish taklifini ilgari surgan. Ayrimlar javobgarlik yoshini 13 — o‘rta maktab birinchi sinfigacha tushirish kerakligini aytmoqda. Oila va gender tengligi vazirligi esa bunday amaliyotni qo‘llashdan oldinehtiyot chorasi kuchaytirilishi zarurligini ta’kidlaydi.
Davlat rahbari fikricha, eng oqilona mezon bolaning boshlang‘ich yoki o‘rta maktabda o‘qishi bilan bog‘liq, chunki bu yoshda ruhiy va ijtimoiy rivojlanishi turlicha. Xullas, hozircha tegishli idoralarga asosiy dalillarni jamlab, jamoatchilik munosabatini o‘rganish va ikki oy ichida yakuniy qaror qabul qilish vazifasi yuklatilgan.
Musulmon Ziyo, O‘zA
Ўзбекча
English
Русский