Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

BMT BA sessiyasi: Umumiy munozara kunlari yaqinlashyapti

BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi 81-sessiyasida  taxminan 130 davlat va hukumat rahbari ishtiroki kutilyapti. Umumiy munozara 22-26 va 28-sentabr kunlariga belgilangan. Muhokamaning asosiy mavzulari sifatida Yaqin Sharq hamda Rossiya va Ukraina urushi, sun’iy intellekt rivoji bilan bog‘liq xatar, oziq-ovqat va energiya xavfsizligi taxmin qilinmoqda.

Qo‘shma Shtatlar, Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlik davom etayotgan bir payt Yaqin Sharqdagi vaziyat va Bob Al-Mandib bo‘g‘ozidagi kemalarga tahdid masalasi ham alohida e’tibor taqozo etadi. Turkiya, Ukraina va Eron Prezidentlari, shuningdek Isroil Bosh vaziri Bosh Assambleyada nutqso‘zlaydi.

SI alohida mavzu. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish sanoat vakillarining sun’iy ongni yanada rivojlantirish jarayonidagi ehtimoliy xavfdan ogohlantirishi asnosida texnologiyani tartibga soluvchi xalqaro qoida yaratish tarafdori.

Ayni chog‘ tashkilot moliyaviy va siyosiy inqirozni boshidan kechirayotgani ham sir emas. AQSH badalni qisqartirib, islohot talab qilyapti. Qolaversa, Guterrishning vakolati shu yil oxirida tugaydi. Hamon voris sifatida aniq bir yetakchi yo‘q.

S.Rahimov, O‘zA

Nashr sanasi 21.09.2026 Ko'rishlar 9
Ulashish