Eng ko‘p qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan tizimlar reytingi

Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 2025 yilda eng ko‘p qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan tizimlar reytingini e’lon qilindi.

Reytingda birinchi o‘rinni Qurilish tashkilotlari — 3 826 ta, keyingi o‘rinlarda Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari — 3 041 ta, tibbiyot muassasalari — 2 676 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Ushbu sohalarda asosan:

● ish haqining o‘z vaqtida to‘lanmasligi;

● mehnat shartnomasining rasmiylashtirilmasligi;

● ish vaqti va dam olish rejimiga rioya etilmasligi;

● noqonuniy ishdan bo‘shatish holatlari kabi mehnat huquqlari buzilishi holatlari qayd etilgan.

O‘zA

Powered by GSpeech