Global demografik sinov
Ekspertlar fikricha, 2026-yilga kelibinsoniyat ilgari kuzatilmagan demografik murakkablik bilan yuzlashmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda aholining tez qarishi va ishchi kuchi kamayishi – iqtisodiy tizimga katta bosim o‘tkazmoqda. Shu sababli, ko‘pgina davlatlar iqtisodiy barqarorlikni saqlash uchun immigratsiya va avtomatlashtirish texnologiyalari orqali ishchi kuchini to‘ldirishga intilmoqda.
Xitoyda aholining o‘rtacha yoshi oshib bormoqda. Bu ishchi kuchi yetishmovchiligi muammosini yanada kuchaytiradi va mamlakat avtomatlashtirish hamda texnologiyali yechimlarga e’tibor qaratmoqda. Rossiyada ham aholi kamayishi va ishchi kuchi tanqisligi kuzatilmoqda. Shu sababli RF ham malakali ishchi kuchini jalb qilish va texnologiyali yechimlar orqali iqtisodiy yukni kamaytirishga harakat qilmoqda.
E’tiborlisi, yosh aholiga ega davlatlarda xususan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida aholining katta qismi 30 yoshgacha bo‘lib, bu ulush iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun ulkan imkoniyat yaratadi. Yoshlarni sifatli ta’lim va innovatsion loyihalarga jalb qilish orqali davlatlar demografik imkoniyatni iqtisodiy foydaga aylantirishi mumkin.
Rivojlangan davlatlarda o‘rtacha yosh oshib bormoqda. Masalan, Janubiy Koreyada tug‘ilish darajasi 0,7 dan past bo‘lib, ishchi kuchining kamayishi va pensiya tizimiga tushadigan yukni oshirmoqda. Bu kabi o‘lkalarda keksa yoshdagilar uchun xizmatlar – sog‘liqni saqlash, turizm va ko‘ngilochar sohalar ustuvor yo‘nalishga aylangan.
Joriy yilda ayrim davlatlarda ishchi kuchi yetishmovchiligi va yoshlarni iqtisodiy faoliyatga jalb qilish masalasini hal etish uchun sun’iy intellekt va robototexnika keng qo‘llanila boshlandi. Sanoatda robotlar ishchilar o‘rnida bo‘lsa, keksalarni parvarish qilishda AIyordamchilar ko‘paymoqda. Tahlillarga ko‘ra, davlatlarning kelajakdagi qudrati nafaqat yalpi ichki mahsulot, balki inson kapitalini boshqarish va yoshlarni iqtisodiy faoliyatga jalb qilish qobiliyati bilan o‘lchanadi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA
Ўзбекча
English
Русский