Hibsxonadagilarning ochiq havoda sayr qilish huquqi kengaytiriladi (+video)

Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini har jihatdan himoya qilishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, jazoni ijro etish muassasalaridagi mahkumlarning huquqlarini to‘laqonli himoya qilish borasida ham muayyan choralar ko‘rilmoqda.

Endilikda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili — Ombudsmanning taklifi bilan ehtiyot chorasi sifatida tergov hibsxonalarida saqlanayotganlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish ko‘zda tutilmoqda. Bu yo‘nalishdagi murojaat va e’tirozlardan kelib chiqib, Ombudsman qonunchilik taklifi huquqidan foydalangan holda parlament quyi palatasiga qonun taklifini kiritdi.  

Mazkur qonun loyihasi parlament quyi palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining yig‘ilishlarida keng muhokama qilindi.

— Ushbu qonun loyihasida tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarga dam olish va ishlanmaydigan bayramlarda ochiq havoda sayr qilishi uchun vaqt ajratish belgilanmoqda, — deydi Ekopartiya fraksiyasi a’zosi Dildora Kamolova. — Shuningdek, yaqinlaridan kiyim-bosh olishi hamda har oyda oziq-ovqat va eng zarur narsalarni sotib olishi uchun ruxsat etilgan pul miqdorini oshirish nazarda tutilmoqda.

Muhtarama Komilova, Oybek Davronov (video), O‘zA

Powered by GSpeech