Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazida BMTning Inson huquqlari sohasida ta'lim va tarbiyaga oid deklaratsiyasi qoidalarini mamlakatimizda tatbiq etishga qaratilgan Milliy harakatlar dasturining kontseptsiyasi tayyorlandi.
Bu boradagi ishlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvarda qabul qilingan “2017—2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risida”gi farmoni ijrosi doirasida amalga oshirildi.
Milliy harakatlar dasturi kontseptsiyasida barcha ta'lim vazirliklari va muassasalari, yuridik va harbiy o'quv yurtlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining takliflari o'z aksini topgan. Ayni paytda hujjat loyihasi tasdiqlash uchun parlamentga kiritilgan.
- Qo'shildi: 19.07.2019
- Ko'rishlar: 7593
- Chop etish