Jenevada bolalarga oid statistika masalalari muhokama qilindi

Bugungi kunda bolalar farovonligi, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalari xalqaro hamjamiyatning eng ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Bu borada ishonchli statistik ma’lumotlar muhim ahamiyat kasb etib, davlatlar uchun bolalarga oid samarali siyosatni shakllantirishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Jeneva shahrida BMTning Yevropa mamlakatlari uchun Iqtisodiy komissiyasi (UNECE) hamda YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha hududiy bo‘linmasi tomonidan tashkil etilgan ikkinchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutasaddilari ham ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi hamda YUNISEFning bolalarga oid statistika bo‘yicha ekspertlar guruhi tomonidan MICS ( Multiindikator klaster kuzatuvi) tadqiqotlari, shuningdek, YUNISEFning muqobil va internat tipidagi muassasalar g‘amxo‘rligidan foydalanayotgan bolalar haqidagi TransMonEE dasturi muhokama qilindi.

Tadbir doirasida bolalar farovonligini ta’minlash, ularga oid statistik ma’lumotlarni takomillashtirish hamda mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Powered by GSpeech