Kambag‘al oilalar farzandlarining to‘garak xarajatlari qoplab beriladi

Kambag‘al oilalarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan farzandlarining to‘garak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

7–11 yoshdagi o‘quvchilar uchun:

 
  • darsdan keyingi qo‘shimcha ta’lim (uzaytirilgan kun guruhlari) tashkil etiladi;
  • to‘garak xizmatlari faqat davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida taklif etiladi;
  • oylik to‘lov miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravarigacha.

12–18 yoshdagi o‘quvchilar uchun:

  • matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, tarix, davlat va huquq asoslari, ona tili va adabiyoti, o‘zbek, rus tillari va adabiyoti bo‘yicha to‘garaklar tashkil etiladi;
  • oylik to‘lov miqdori — BXMning 2 baravarigacha.

15–18 yoshdagi o‘quvchilar uchun:

  • xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz) bo‘yicha to‘garaklar;
  • oylik to‘lov miqdori — BXMning 2 baravarigacha.
  • axborot texnologiyalari va kasb-hunar yo‘nalishidagi to‘garaklar;
  • oylik to‘lov miqdori — BXMning 4 baravarigacha.

O‘quvchi, uning ota-onasi (yoki qonuniy vakili) hamda to‘garak xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilot o‘rtasidagi shartnoma Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tuziladi.

To‘garaklar 9 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Har bir o‘quvchi bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan ikki to‘garakni tanlashi mumkin.

To‘lovlar va davomat haqidagi ma’lumotlar kelajak.uzedu.uz elektron platformasida avtomatik tarzda hisoblanadi.

 

Kun.uz

Powered by GSpeech